"Fiorentina" himoyachisi "Inter"ga o‘tishi mumkin

  • 18.08.2019 14:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Fiorentina" klubi himoyachisi Kristiano Biragi faoliyatini "Inter"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Alfredo Pedulla xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 26 yoshli futbolchini o‘z saflarida ko‘rishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, tomonlar bu borada allaqachon kelishuvga erishishgan.

Biroq, ushbu transfer agar “Nitstsa” “Inter” himoyachisi Dalbertni ijaraga olgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Biragi asli “Inter” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsum A Seriyada 36ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!