
Flik Anchelotti bilan munosabati haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Real Madrid" ustozi Karlo Anchelotti haqida fikr bildirdi.
"Real Madrid"da dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bor. Anchelotti bilan bir chempionatda ishlash maroqli. U qanday klubda bo‘lmasin doimo g‘alaba qozonadi va men uni juda hurmat qilaman. U aql bovar qilmaydigan murabbiydir" - dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Ispaniya La liganing turnir jadvalida Anchelotti shogirdlari 69 ochko bilan "Barsa"dan 7 ochko ortda borishmoqda. "Qaymoqranglilar" bu turdagi o‘z uchrashuvini bugun "Xetafe"ga qarshi o‘tkazishadi. Bo‘lajak bellashuv esa Toshkent vaqti bilan 00:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar