Flik “Atletiko”ga qarshi yangi taktika tayyorlayapti

  • 14.02.2026 15:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan Madriddning "Atletiko" klubiga (3 mart) qarshi javob o‘yini uchun "keng ko‘lamli taktik inqilob" tayyorlamoqda. Bu haqida The Touchline'ning X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "Barselona" hujumga alohida urg‘u bersa, 4 ta to‘p farqini qaytara olishiga ishonmoqda. Ehtimol, hujumchilar Robert Levandovski, Markus Reşford, Rafinya va Lamin Yamal bir vaqtda asosiy tarkibda maydonga tushishar.

Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki bahsida "ko‘k-anorranglilar" 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. To‘rtta golning barchasini Flik jamoasi birinchi bo‘limda o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!