Flik “Barsa” yulduziga sigaret chekishga ruxsat berdi

  • 10.12.2025 13:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

- Yaqinda murabbiy bilan saunada o‘tirganimizda, undan mening chekishimga munosabati haqida so‘radim. U: “Eng muhimi, seni maydonda ko‘rsatayotgan o‘yining. Agar superprofessional bo‘lsang, hatto mukofotlash marosimida ham cheksang bo‘ladi”,  deb aytdi, - deya ta’kidlaydi darvozabon.

“Barselona”ning mashhur darvozaboni Voytsex Shchensni jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik unga sigaret chekish uchun ruxsat bergani haqida gapirdi.

Eslatib o‘tish joizki, polshalik golkiper Angliya Premer-ligasida “Arsenal” sharafini himoya qilgan davrda, ya’ni 2015 yilda yuvinish xonasida sigaret chekkani uchun jiddiy muammoga duch kelgan edi. O‘shanda mashhur murabbiy Arsen Venger kashanda darvozabonni asosiy tarkibdan chiqarib, keyinchalik “Roma”ga ijaraga jo‘natib yuborgan.

Voytsex Shchesni Rim klubida ikki yil o‘ynaganidan keyin 2018 yili “Yuventus”ga o‘tdi. 2024 yilning  yozida Turin klubi bilan shartnomasi yakunlangach, faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.  

2015 yilda «Arsenal»da o‘ynagan paytida u dushda sigaret chekkani uchun muammoga uchragan edi. Shundan keyin Arsen Venger uni asosiy tarkibdan chiqarib, keyinchalik «Roma»ga ijaraga yuborgan.

Ammo darvozabonlar masalasida muammoga duch kelgan “Barselona” 2024 yilning oktyabr oyida Shchesnini faoliyatini taklashga ko‘ndirdi va safiga qo‘shib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!