Flik: "Biz uchun eng muhimi — "Rayo Valyekano"ni mag‘lub etish"
Xans-Diter Flik Madrid derbisi haqidagi savolga javob berdi.
Yakshanba kuni "Barselona" o‘z maydonida "Rayo Valyekano"ga qarshi o‘ynaydi. Shu kuni kechqurun esa "Real" va "Atletiko" o‘rtasidagi Madrid derbisi bo‘lib o‘tadi.
"Madrid derbisini tomosha qilamanmi — aniq emas. Biz uchun eng muhimi — "Rayo Valyekano"ni mag‘lub etish. Bu oson o‘yin bo‘lmaydi. O‘z muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonish juda muhim.
Derbi natijasi bizga bog‘liq emas — keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz", — dedi Flik.
Ayni paytda "Barselona" La Liga jadvalida yetakchilik qilmoqda va "Real"dan 4 ochko oldinda bormoqda.
Fikrlar