Flik: "G‘alaba biz uchun juda muhim edi" (Matbuot anjumani)

  • 13 aprel, 11:55
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" La Liganing 31-turida "Leganes" ustidan minimal hisobda – 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik o‘yin haqida fikr bildirdi.

"Bugun biz uchun juda og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ammo ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonish biz uchun juda muhim edi. Jamoam so‘nggi haftalar va oylarda erishgan natijalari bilan faxrlanaman.

Rafinyaning har ikki yo‘nalishdagi faolligi haqida.

Flik Rafinyaning ham hujumda, ham himoyada samarali harakat qilganini qayd etdi.

Eng muhimi — fidokorlik. Futbol bu faqat hujum yoki faqat himoya emas. Unda har ikki jihatda ham mehnat qilish kerak.

Jarohatlar: Balde va Garsiyaning ahvoli

Flikning so‘zlariga ko‘ra, Erik Garsiya bilan barchasi joyida, ammo Balde bilan bog‘liq holat jiddiyroq ko‘rinadi.

"Erikning ahvoli yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin Baldeda muammo borday. Yana biroz kutishimizga to‘g‘ri keladi — ertaga tekshiruv natijalari ma’lum bo‘ladi. 

Uchrashuvdan keyin Flik maysalar sifatini ham tilga oldi.

Tanaffusda Lamin Yamal bilan gaplashdim, u ham maysa baland ekanini aytdi. Lekin bu muhim emas. Bizda uch ochko bor va bu eng asosiysi" – deya yakunladi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!