Flik hakamlarni muhokama qilishdan bosh tortdi
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Real Sosyedad"ga qarshi oʻyindan keyin hakamlar haqidagi savolga javob berdi. Uchrashuv (1:2) yakunlangandan soʻng aynan hakam qarori eng koʻp muhokama qilingan mavzulardan biriga aylandi. Kataloniya klubi bir nechta gol bekor qilingani va boshqa epizodlarda ham adolatsiz qarorlar boʻlganini taʼkidladi.
"Men bu odamni muhokama qilishga energiyamni sarflashni istamayman. Stadionda boʻlgan yoki oʻyinni televizor orqali koʻrgan har kim bugun nima boʻlganini yaxshi koʻrdi", — dedi Flik, uning soʻzlarini "Barca Universal" keltirdi.
Bu magʻlubiyat "Barselona" uchun noyabr oyidan beri ilk magʻlubiyat boʻldi. Shunga qaramay, jamoa La Ligada peshqadam boʻlib turibdi va "Real"ni bir ochko ortda qoldirmoqda.
Fikrlar