Flik Inigoning ketishiga munosabat bildirdi

  • 11 avgust, 15:48
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Komo" ga qarshi uchrashuvdan keyin "Barselona" bosh murabbiyi Xans Flik "An-Nasr"ga o‘tib ketgan Inigo Martines haqida fikr bildirdi. 

Tecno

"Inigo o‘tgan mavsumda erishgan yutuqlarimizda muhim o‘rin tutdi, u jamoaga katta hissa qo‘shdi. Men uni hurmat qilaman. Biroq u Saudiya klubidan taklif olgach, bizdan shartnomani bekor qilishda ko‘maklashishimizni so‘radi. U bunga munosib edi. Bundan tashqari, Inigoning ketishi boshqa futbolchilar uchun imkoniyat yaratadi. Umuman olganda, ayni vaqtda jamoaga yangi markaziy himoyachi olib kelish rejamizda yo‘k. O‘ylaymanki, yangi olgan futbolchilarimiz bilan jamoa sifat jihatdan ancha yaxshilanishi mumkin",- dedi germaniyalik mutaxassis.
 
Ma’lumot uchun, 34 yoshli himoyachi o‘tgan mavcumda Kataloniya klubi safida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!