Flik Kanseluni jamoada saqlab qolmoqchi, ammo shartlar bor
Xans-Diter Flik Joau Kanseluning "Barselona"da qolishini istamoqda.
Portugaliyalik himoyachi qishda "Al-Hilol"dan ijara asosida kelgan edi. Biroq "Diario SPORT" ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar futbolchini to‘liq transfer qilishni rejalashtirmayapti.
Manbaga ko‘ra, "Barselona" Kanseluni faqat bir shart bilan qoldirishga tayyor — u "Al-Hilol" bilan shartnomasini bekor qilib, maoshini kamaytirishga rozi bo‘lishi kerak.
Agar ushbu talablar bajarilsa, klub unga ikki yillik shartnoma taklif qiladi. Aks holda, "Barselona" boshqa variantlarga e'tibor qaratadi.
Joriy mavsumda Kanselu "Barselona" safida 12 ta o‘yinda ishtirok etib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar