Flik madridliklarga qarshi “inqilob” tayyorlayapti

  • 15.02.2026 09:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Shunga qaramay, germaniyalik mutaxassis javob oʻyinida raqibning toʻrtta goldan iborat ustunligini yoʻqqa chiqarishiga ishonmoqda.

Ispaniya kubogining amaldagi gʻolibi “Barselona” ushbu nufuzli sovrinni saqlab qola olmasligi mumkin. Yangi mavsumdagi musobaqaning yarim final birinchi uchrashuvida Hans-Diter Flik shogirdlari Madridda “Atletiko”dan 0:4 hisobida magʻlubiyatga uchratdi.

Hans-Diter Flik 3 mart kuni Kataloniyada boʻladigan javob oʻyinida madriddliklarga qarshi “keng koʻlamli taktik inqilob” tayyorlamoqda. Bu haqida The Touchline nashri oʻzining X tarmogʻidagi sahifasi xabar berdi.

Manbaga koʻra, “Barselona” jamoa hujumga alohida urgʻu bersa, vaziyatni oʻnglashni imkoni boʻladi. Murabbiylar shtabi buning uchun Robert Levandovski, Markus Reşford, Rafinya va Lamin Yamalarni bir vaqtning oʻzida boshlangʻich tarkibda maydonga tashlamoqchi.

Shu tariqa, Hans-Diter Flik “Barselona”ni “Atletiko” darvozasiga koʻp gol urishini taʼminlashni koʻzlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!