Flik Martin Jеrard bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritdi
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Atletiko" ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g'alabadan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz o'yinni nazorat qildik va eng muhimi — uch ochkoni qo'lga kiritdik. Lamin Yamal g'azablangandi, chunki u gol urish yoki hal qiluvchi pas berishni istagan, lekin bu amalga oshmadi. Bu tabiiy holat. O'yin juda asabiy o'tdi.
Men Jerard Martin bilan bog'liq epizodni takrorda ko'rmadim. Jonli holatda u birinchi bo'lib to'pga yetganini ko'rdim. Men uchun bu qizil kartochka emas.
Erta Arauho va Bernalning holatini tekshirib ko'ramiz. Jiddiy jarohat deb o'ylamayman, umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi", — dedi Flik.
Ma'lumot uchun, 30-turdan so'ng kataloniyaliklar 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.
Fikrlar