Flik: "Natija o'yin manzarasini aks ettirmadi"
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik La Liga doirasida "Real Sosyedad"dan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida mezbonlar Mikel Oyarsabal goli bilan hisobni ochdi. 70-daqiqada "ko‘k-anorranglilar" Markus Reşford orqali hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo oradan bir daqiqa o‘tib Gonsalu Guedesh hal qiluvchi golni kiritdi.
"Men juda hafaman. Natija maydonda bo‘lgan voqealarni aks ettirmadi. Biz raqibdan ancha ustun o‘ynadik. Bugun ko‘p jihatdan omadimiz kelmadi", — deya Flikning so‘zlarini keltiradi "Barca Universal".
Shu tariqa, "Real Sosyedad" "Barselona"ning 11 o‘yinlik g‘alabali seriyasiga barham berdi.
Fikrlar