Flik: "Raqibning kurashish istagi — futbolning bir qismi"
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik "Oviedo"ga qarshi o'yinda (3:0) raqibning oxirigacha kurashgani uni hayratga solmaganini aytdi.
"Bu futbolning bir qismi. Ularning yo'qotadigan hech narsasi yo'q edi, bunday raqibga qarshi o'ynash har doim qiyin. Ular juda kuchli pressing qildi, biz esa bunga qarshi tura olmadik. Ikkinchi taymda vaziyat yaxshilandi, o'zimiz pressing qila boshladik va tezda gol urdik.
So'nggi paytlarda bizda ko'p uchishlar bo'ldi, oldingi o'yindan keyin juda kech qaytdik. Jamoa qo'lidan kelgan barcha ishni qilyapti. Men jamoamdan juda mamnunman.
Agar sen g'alaba qozonsang, hammasi joyida bo'ladi, hatto birinchi taym bugungidek o'tgan bo'lsa ham. Birinchi bo'limdagi o'yindan norozi edim, ammo barchasini tushunaman. Eng muhimi — biz o'zimizga keldik, o'zgartirishlar kiritdik va hammasi ish berdi", — dedi "Barselona" bosh murabbiyi.
Fikrlar