Flik Yamal haqida muhim gapni aytdi
"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoa vingeri Lamin Yamalning so‘nggi o‘yinlardagi harakatlariga baho berdi.
"Bizda yaxshi munosabatlar bor, boshqa futbolchilar bilan bo‘lgani kabi. Men uning pressingi, jamoaga qanday ustunlik berishiga katta ahamiyat qarataman. Albatta, barcha gol ko‘rishni istaydi, ammo murabbiy sifatida men gollarga olib keladigan va o‘yin ritmini saqlab turadigan boshqa jihatlarni ko‘proq qadrlayman", — dedi Flik AS nashriga.
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 18 yoshli Lamin Yamal 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urib, 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikrlar