Flikning tanlovi “Real”ga ziyon keltiradi

  • 20.02.2026 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona”ni o‘tgan mavsum Ispaniya chempioniga aylantirgan germaniyalik bosh murabbiy Hans-Diter Flik yozgi transferlar oynasida jamoaga taklif etiladigan himoyachini tanladi.

The Touchline nashri ma’lumotiga ko‘ra, Flik “Barselona” sport direktori Dekudan transfer bozorida “Borussiya Dortmund” himoyachisi Niko Shlotterbek uchun kurashishni so‘ragan.

Agar Deku Shlotterbekni Kataloniyaga kelishga ko‘ndira olsa, bu kelishuvdan “Real” ziyon ko‘rishi mumkin. Chunki “Qirollik klubi” ham yozga mo‘ljallangan tarkibni qayta qurish jarayonida bu o‘yinchini Madridga olib kelmoqchi va ayni paytda uning agentlari bilan muloqotlar davom ettirilmoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari bir qator klublar nishoniga tushgan 26 yoshli Niko Shlotterbekning transfer bozoridagi narxini 55 million yevroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!