Florentino Peres Joze Mourinyuning “Real”ga qaytishi haqidagi savolga javob berdi
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres Joze Mourinoning madridliklar bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Klub rahbari bu mavzuda aniq javob berishni istamadi.
“Mourinoning “Real”ga qaytishi? Men murabbiylar yoki futbolchilar haqida gapirmoqchi emasman. Ayrimlar meni “Real”dan ketishimni xohlayapti, ammo men ketmayman. Aksincha, prezidentlik saylovlarida ishtirok etaman”, — dedi Peres.
Ma'lumot uchun, Joze Mourino 2010–2013 yillar oralig'ida “Real”ni boshqargan. Uning qo'l ostida madridliklar La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubogida g'alaba qozongan

Fikrlar