Florentino Peres saylovlar oldidan "Real" a'zolariga murojaat qildi
“Real” prezidenti Florentino Peres klub prezidentligi uchun saylovlar arafasida klub a'zolariga murojaat qildi.
“Men — "Real Madrid"man. Boshqalar esa "Real"ni o'zlashtirib olishni istaydi, ammo oxirgi so'z sizniki bo'ladi.
Klub a'zolariga tegishli bo'lib qolishi uchun avvalgidan ham qattiqroq ishlaymiz. Shuning uchun hech kim va hech narsa bizga tegishli boylikni tortib olmasligi uchun bor kuchimni sarflayman. Biz — klub a'zolari uning kechagi, buguni va ertasi egalari bo'lib qolamiz.
Biz "Real Madrid"ni bugungi darajaga tayyorlash uchun katta ish qildik. "Forbes" talqiniga ko'ra, dunyodagi eng qimmat sport loyihasini yaratdik. Bizni hatto Garvard kabi nufuzli universitetlarda o'rganishmoqda.
Men 2000 yilda saylovda g'alaba qozonganman. Klub barqaror holatga kelganini ko'rgach, ketgandim. 2009 yilda esa jamoa qadriyatlarini himoya qilish uchun qaytishga majbur bo'ldim.
Klubning haqiqiy egalari bo'lgan a'zolari suvereniteti hech qachon shubha ostida qolmasligi uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Qancha yolg'on o'ylab topishmasin, bizniki bo'lgan narsani tortib olisholmaydi.
Qo'limizda qanday boylik borligini barchamiz unutmaylik", — dedi Peres.

Fikrlar