Floyd Meyvezer qaytmoqda! Raqib va jang sanasi ham ma’lum bo‘ldi

  • 07.12.2020 07:33
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Professional boksning 5 vazn toifasi sobiq chempioni  Floyd Meyvezer (50-0) 20 fevral kuni o‘zining navbatdagi ko‘rgazmali jangini o‘tkazadi. Unga bloger Logan Pol (0-1) raqiblik qiladi. Bu haqda Meyvezer va Pol o‘zlarining ijtimoiy tarmoq sahifalarida ma’lum qildi. Jang qaerda bo‘lishi hali ma’lum emas.

Logan Pol Youtube tarmog‘ida 22 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega. U hozirga qadar bir marotaba professional boksda ko‘rgazmali jangda ishtirok etgan. 2019 yilning noyabr oyida Pol boshqa bir  bloger KSI nomi bilan mashhur bo‘lgan Olajide Uilyams Olatunji bilan jang qilib, ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

Floyd Meyvezer esa 2018 yilning dekabr oyida yaponiyalik kikboksingchi Tenshin Nasukavaga qarshi o‘ziga xos shou jangida boks yo‘nalishidagi jangda ishtirok etib, raqibini nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!