Foden "Manchester Siti" tarixiga kirdi
Angliya premer-ligasining 26-turida "Manchester Siti" o‘z uyida "Nyukasl"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bahsda Fil Foden gol urdi. Angliyalik futbolchi bu goli bilan "Manchester Siti" tarixida 50 ta foydali harakat amalga oshirgan eng yosh futbolchiga aylanib oldi. Foden "shaharliklar" libosida 33 ta gol va 17 ta samarali uzatma amalga oshirgan. U ushbu ko‘rsatkichga 22 yoshu 280 kunligida erishdi.
Eslatib o‘tamiz, Gvardiola shogirdlari APL turnir jadvalida 58 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.



Fikrlar