FR: Maxsitaliev va Rashidov qaytdi...

  • 5 aprel, 2023, 19:25
  • Odilbek Fayzullayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

8 apreldan e’tiboran Birinchi liga bahslariga start beriladi. Musobaqa 17 jamoa ishtirokida 1 davrali formatda o‘tkazilishi reja qilingan. O‘zPFL matbuot xizmati qatnashchi klublar qaysi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazganini e’lon qildi. Ular orasida yaqin o‘tmishning bir qancha taniqli nomlari bor. Quyida shu haqda.

photo_2023-03-28_21-20-29

Alisher Azizov — katta futbolga "Paxtakor" orqali kirib kelgan toshkentlik o‘yinchini unutmagan bo‘lsangiz kerak. O‘zbekiston chempionatidagi debyutini 17 yoshida nishonlagan, bo‘lib ham ilk o‘yinida Aleksandr Geynrixni almashtirgan Alisherdan umidlar katta edi.

azizov dordoy_1

2010 yildan "sherlar" tarkibida muntazam o‘ynay boshlagan vinger Oliy liga bahslarida 5ta gol urdi. U shu yili Chempionlar Ligasida "Al Shabab" darvozasini ham ishg‘ol qilgan edi. Keyinroq "Paxtakor"ni tark etib, "Buxoro", "Andijon" va "Obod" sharafini himoya qildi. 2015 yilda 26 gol bilan Birinchi (hozirgi Pro) liga to‘purariga aylandi. Keyinroq o‘zini Qirg‘iz Respublikasi, Omon va Bangladesh chempionatlarida sinab ko‘radi. 33 yoshli futbolchi ayni paytda Toshkentning "Do‘stlik" klubi uchun o‘ynayapti.

Suhrob Ne’matov — Buxoroda bu futbolchini tanimaydigan kishi bo‘lmasa kerak. Standartlarni qoyilmaqom ijro etishi-yu uzoq masofadan chap oyoqda yo‘llaydigan kuchli zarbalari bilan esda qolgan Ne’matov faoliyatining katta qismini viloyatning bosh jamoasi safida o‘tkazdi. Uning "Navbahor" darvozasiga maydon markazidan kiritgan to‘pi juda chiroyli chiqqan edi. O‘z vaqtida "Nasaf" va "Surxon" sharafini himoya qilishga ham ulgurgan 37 yoshli yarim himoyachi endi Birinchi ligada "Nurafshon" uchun o‘ynaydi. O‘z vaqtida "Nasaf" va "Surxon" sharafini himoya qilishga ham ulgurgan 37 yoshli yarim himoyachi endi Birinchi ligada "Nurafshon" uchun o‘ynaydi.

547660_original

Mazkur jamoa tarkibida, shuningdek, siz "Navbahor", "Dinamo", "Andijon" va "Surxon"dagi o‘yinlari orqali tanigan Sardor Sulaymonov ham bor.

sar

Sanjar Rashidov — "So‘g‘diyona"dagi ajoyib o‘yinlari orqali muxlislarga tanilgan yarim himoyachi o‘z vaqtida jamoa sardoriga ham aylangan edi. Ammo uning "Nasaf" va "Bunyodkor"dagi faoliyati omadsiz chiqdi. 29 yoshli Sanjar o‘tgan mavsumni maydon tashqarisida o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lgan edi. Yana katta maydonga qaytgan Rashidovlarning o‘rtanchasi joriy yilni "Jizzax"da o‘tkazadi.

photo_2023-03-26_11-50-06

Mazkur jamoa tarkibida, shuningdek, Superliganing bir qancha jamoalari to‘p surgan tajribali Qahramon Bahodirov ham bor.

photo_2023-03-26_11-50-23

Abbosbek Maxsitaliev — bir paytlar futbolimizning kelajagi sifatida qaralgan, lekin milliy jamoagacha etmasdan so‘nib qolgan "yulduz". Meksikadagi kichik mundial qahramoni Superligadagi so‘nggi o‘yinini 25 yoshida "Surxon" libosida o‘tkazgan edi (2019 yil). U o‘sha kuni "Lokomotiv" darvozasini ishg‘ol ham qilgan. Lekin shundan keyin katta sahnadan yo‘qolib qoldi.

Maxsitaliev

Qisqa muddat Pro ligadagi faoliyat yuritib, butsalarini mixga osgani aytilgan Abbosbek yana yashil maydonga qaytdi. Sirdaryolik futbolchining yangi klubi "Yangier" bo‘ladi. Omad tilaymiz!

Faxriddin Ro‘ziev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мехриддин Абдурахмонов
05/04/2023 22:38
Омад хаммасига.
&
Абдурахмон лидер
05/04/2023 21:08
Махситалиев хақиқатдан яхши ўйинчи эди.