Frantsiya futboli yulduzi: Messi chempion bo‘lishga loyiq deb o‘ylayman, ammo...

  • 17 dekabr, 2022, 14:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur futbolchi David Trezege ertaga Argentina va Frantsiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘ladigan jahon chempionati finali haqida gapirdi.

Tecno

“Men buni har doim aytganman: hissiy jihatdan Leo chempion bo‘lishga loyiq deb o‘ylayman, chunki bu uning so‘nggi jahon chempionati bo‘lishini biladi. Ammo bu Frantsiyani chempionlikni saqlab qolish istagidan to‘xtata olmaydi.

Frantsiya jahon chempioni bo‘lish niyatida, bunga hech qanday shubha yo‘q. Yosh farqi bor, Leo faoliyatini yakunlamoqda, Mbappe endigina ish boshladi va har xil rekordlarni o‘rnatmoqda. Ular PSJda birgalikda ajoyib o‘yin ko‘rsatadi, ammo Argentina Messi uchun o‘ynaydi, hammasi uning uchun harakat qiladi", - dedi frantsiyalik sobiq hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina - Frantsiya uchrashuvi 18 dekabr Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!