Frantsiya terma jamoasi final oldidan jarohatlar girdobida

  • 16.12.2022 22:44
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya terma jamoasining  besh  futbochisi bugungi mashg‘ulotlarni o‘tqazib yubordi.

Ibraima Konate va Rafael Varan gripp bilan og‘rimoqda. Yarim final qahramonlaridan biri Teo Ernandes tizzasidan olgan jarohati tufayli mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, Angliyaga qarshi hisobni ochgan Orelen Tchuameni sonidan olgan jarohati bois mashg‘ulotlarda qatnashmadi. Kingsli Komanning nega mashg‘ulotlarga kelmagani noma’lum.

Bu futbolchilar deyarli har bir uchrashuvda "uch ranglilar"ning muhim "fishka"lariga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Jahon chempionlari - Frantsiya mundial kubogini qayta ko‘tarish uchun 18 dekabr kuni Argentinaga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!