Frantsiyada turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tdi
Frantsiya Chempionatida 10-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tur doirasida muxlislar "Lion" - "Monako" o‘yini guvohi bo‘ldi va unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 75-daqiqasida Toko Ekanbi penaltini golga aylantirib, jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 90-daqiqada Denayer "Lion"ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Muhim ochkolarni qo‘lga kiritgan Peter Bosh shogirdlari 16 ochko jamg‘arishga ulgurda va ular 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Monako"da 14 ochko bor va ular 7-o‘rinni band etgan.
Fikrlar