Frenk Lempard: "Chelsi" 2 ochko yo‘qotdi. Bu bizning aybimiz
APLning 4-turida "Chelsi" va "Sheffild Yunayted" (2:2) qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan so‘ng, londonliklar ustozi Frenk Lempard o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hammasi nazorat ostida edi. 2-bo‘lim boshida ularga gol sovg‘a qildik, bu bizning aybimiz. Oldingi o‘yinlarda ham shu xatoni qilgan edik.
Biz ishonchli g‘alaba qozonishimiz kerak edi, 2 ochko yo‘qotdik. Biz g‘alaba qozonishni xohlaymiz. Tanaffusga 2:0 hisobi bilan chiqqaningizdan so‘ng, g‘alaba qozonishingiz kerak.
Temmi Abraxam juda yaxshi o‘ynadi, u barcha jabhada yaxshi harakat qildi, u shunday ishlashda davom etishi kerak." - dedi Lempard

Fikrlar