Frensis Ngannuni katta muammolar kutib turibdi

CHERY AUTO

34 yoshli braziliyalik jangchi va og‘ir vazn toifasida PFL chempioni Renan Ferreyra(13-3-3 N/C) 19 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan jang oldidan yulduz sportchi Frensis Ngannu(17-3) uchun katta muammo bo‘lishini aytdi.

Tecno

"Frensis oxirgi paytlarda boks bilan shug‘ullanyapti, bu boshqa uslub, shuning uchun menimcha, u oktagonga qaytib kelganida o‘zini biroz boshqacha his qiladi. Menimcha Ngannuni katta muammolar kutib turibdi. U men bilan jangda juda katta qiyinchiliklarga duch kelishini biladi, chunki men Frensisni istalgan vaqtda nokautga uchrata olaman”, – dedi Ferreyra matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Ngannu oxirgi marta 2022 yilning yanvarida oktagonga chiqib, Siril Ganni mag‘lub qilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!