Frimpong: "Slot bilan ishlashdan juda mamnunman"

  • 30 may, 21:28
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jeremi Frimpong "Liverpul"ga o‘tish haqida fikr bildirdi.

- Hammasi juda oson kechdi. "Liverpul" kelib, qiziqish bildirgan. Agentlarga: "Shunchaki rozi bo‘linglar" dedim.

Tecno

"Liverpul" muxlislari, men borimni bermoqchiman va umid qilamanki, biz birgalikda g‘alaba qozonamiz, birgalikda nishonlaymiz, hammasiga birgalikda erishamiz. Shunchaki bu erda ekanimdan xursandman. Rahmat, bolalar, meni qabul qilganingiz uchun, men sizlarni uyaltirib qo‘ymayman. Siz istagan quvvatni beraman.

Murabbiy bilan bir necha marta gaplashdim. U juda ijobiy kayfiyatda. Ko‘p energiya va tezlik kabi fazilatlarimni olib kirishim mumkinligini aytdi. Murabbiy sen haqingda yaxshi gapirsa, bu senga ishonch bag‘ishlaydi.

Slot bilan ishlashdan juda mamnunman. Terma jamoada "Feyenoord"ning ba’zi yigitlari menga shunday deyishdi: "U men ishlagan eng yaxshi murabbiy." Shunday ekan, men har doim murabbiy haqida yaxshi gaplarni eshitganman. Endi u mening murabbiyim bo‘ladi, bundan xursandman, - dedi niderlandiyalik himoyachi.

Ma’lumot o‘rnida, Frimpong Bundesliga 2024-25 mavsumida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!