"Futbol TV" 19 yil oldingi o‘yinni namoyish etadi

  • 7 aprel, 2020, 11:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi bois ko‘plab telekanallarning dasturlari tez-tez o‘zgarib turibdi. Jumladan, "Futbol TV" telekanali ham jonli efirda futbol translyatsiyalari yo‘q ekanligi bois har kuni soat 16:00 da "Derbilar" sahifasida eng qizg‘in o‘yinlarni qo‘yib bormoqda. Soat 19:00 da esa "Siz tanlagan o‘yin" doirasida so‘rovnomada yutgan bellashuv olib berilmoqda.

Tecno

Kanalning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi tarqatgan xabarga ko‘ra, "Futbol TV" muxlislarni o‘ylagan holda yana bir ishga qo‘l urgan.

Endi har kuni soat 21:00 da "Classik match" - Klassik o‘yinlar berib boriladi. "Classic match"dan o‘rin olgan birinchi o‘yin, APLning 2001/02 yilgi mavsumidagi "Arsenal" - MYu bahsi bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!