"Futbolchilarda qandaydir ruhiy bosim bordek..." - Anvar Berdiev "Buxoro"ning g‘alabasi haqida

  • 15.05.2021 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Pro-liganing 7-turida “Buxoro” klubi “Xorazm” bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda buxoroliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Anvar Berdiev "Buxoro" bosh murabbiyi sifatidagi ilk g‘alabasiga erishdi. Uchrashuvdan keyin u klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Avvalambor, barcha yurtdoshlarimizni hayit bayrami bilan tabriklayman. O‘yin haqida qisqacha gapiradigan bo‘lsam, ikkala jamoa uchun ham juda qiyin va murosasiz o‘tdi.

Bu yilgi pro-liga bahslarida jamoalarning kuchi deyarli bir xil. Kutilmagan natijalar ko‘pdan-ko‘p sodir bo‘lyapti. Shu sababli har bir uchrashuvga maksimal tayyorlanib maydonga tushyapmiz, raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar.

“Xorazm” jamoasi shaxsan menda iliq taassurot qoldirdi. Bizning futbolchilarda qandaydir ruhiy bosim bordek, bugungi g‘alaba o‘yinchilarda mana shu bosimdan chiqish uchun katta omil hisoblanardi va biz buni uddaladik. “Buxoro”ning asl muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!