
Futboldan 5 yilga chetlatilgan Kaxi Maxaradze Gruziya klubi bilan shartnoma imzoladi!
O‘tgan mavsum shov-shuvlarga sabab bo‘lgan "Lokomotiv" sobiq futbolchisi Kaxi Maxaradze 5 yilga futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turlaridan chetlatilgandi. SPORTS.uz sayti jurnalisti Shohrux Zoirovga ma’lum bo‘lishicha, yarim himoyachi Gruziya quyi divizoni vakili "Gonio" jamoasi bilan shartnoma imzolagan.
Kaxi erkin agent sifatida klub bilan kelishuvga erishgan. Ammo shartnoma qachongacha amal qilishi hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Maxaradzeni totalizator hamda kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani bo‘yicha xabarlar tarqalgandi. Shundan so‘ng O‘FA Etika qo‘mitasi futbolchini futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turlaridan 5 yil muddatga chetlatilib, yuz million so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlanishini ma’lum qilgandi.
Fikrlar