Futzal. O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi saralashidagi uchrashuvlari vaqti bilan tanishing!

  • 22 iyun, 2023, 12:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston "G" guruhidan joy oldi. 

Tecno

Ushbu kvartetda jamoamizga Iroq, Malayziya va Kamboja termalari raqiblik qiladi. Saralash bosqich o‘yinlari oktyabr oyida o‘tkaziladi. Bizning guruhdagi uchrashuvlar O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. 

Dastlabki uchrashuv 7 oktyabrda Kambojaga qarshi bo‘lib o‘tadi. 9 oktyabr sanasida vakillarimiz Malayziya termasiga qarshi saf tortadi. Guruhdagi so‘nggi uchrashuv 11 oktyabr kuni Iroqqa qarshi bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot o‘rnida, saralash turnirida guruh g‘oliblari va eng yaxshi ikkinchi o‘rinni egallagan 7 ta jamoa musobaqaning final bosqichiga yo‘l oladi.

o‘zbfut

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!