Futzal. O‘zbekistonning JChdagi bugungi raqibi Rossiya FIFA reytingida nechanchi o‘rinda ekanligini bilasizmi?

  • 15 sentabr, 2021, 16:50
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

12 sentyabrdan Litvada futzal bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham qatnashmoqda.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz guruh bosqichida Gvetemala (5:4), Rossiya (15 sentyabr) va Misr (18 sentyabr) bilan bellashadi.

Mazkur jamoalar FIFA reytingida (2021 yil 10 sentyabr kuni holatga ko‘ra) Rossiya 4, Misr 30 va Gvatemala 36-o‘rinlarda bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi esa 24-pog‘onani band etgan.

Terma jamoamiz bugun Rossiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da bo‘lib o‘tadi. O‘yin "Sport" telekanali namoyish etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
10/09/2021 23:54
Камида гуруҳдан чиқамиз киенги босқичга, оллоҳ ҳоҳласа. Имкониятлар бор. Олға Ўзб. Жамоаси.