"Galatasaroy" Turkiya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Kecha Turkiyada mamlakat Superkubogi uchun bahs o‘tkazildi. Unda “Galatasaroy” va “Akxisar” klublari o‘zaro kuch sinashishdi.
Uchrashuv taqdirini “Galatasaroy”ning marokashlik futbolchisi Yunus Belxandning 36-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi. Shunday qilib Superkubok istanbulliklarga nasib etdi.
"Akxisar" – "Galatasaray" - 0:1 (0:1)
Gol: Belxanda, 39 - 0:1
"Galatasaray": Muslera, Mariano, Nagatomo, Markao Teysheyra, Luyindama, Inan, Seri, Babel, Durmaz (Feguli, 81), Byuyuk (Mor, 72), Belxanda (Donk, 90).

Fikrlar