G'alati savdo: “Real” 3 millionga sotgan futbolchisini olti baravar qimmatiga qaytaradi
“Real” 2025 yilning yozgi transferlar oynasi davrida “Kastilya” tarbiyalanuvchisi Chema Andresni Germaniyaning “Shtutgart” klubiga 3 million yevroga sotib yuborgan edi.
Shunga qaramay, madridliklarda 20 yoshli oʻyinchini ortga qaytarish imkoni bor. Agar “Qirollik klubi” Chema Andresni Madridga 2026 yilning yozida qaytaradigan boʻlsa, nemis klubiga 13,5 million yevro toʻlashi talab etiladi.
“Real”da bu transferni 2027 yilning yozida amalga oshirish huquqi ham bor. Biroq transfer narxi yanada balandroq boʻlib, 18 million yevroni tashkil etishi belgilangan.
Bu haqida Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, “Shtutgart” rahbariyati yarim himoyachini jamoada saqlab qolishni xohlayapti. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yil yozigacha moʻljallangan.
Transfermarkt portalida 10 million yevroga baholanyotgan Andresga “Manchester Siti” va “Arsenal”dan ham qiziqish bor. Biroq bu borada hal qiluvchi qarorni “Real” aytadi.
Fikrlar