Gattuzo Italiya terma jamoasidan ketdi

  • 03.04.2026 17:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Italiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati Jennaro Gattuzo terma jamoa bosh murabbiyligidan ketganini e’lon qildi.

"Italiya futbol federatsiyasi va Jennaro Gattuzo o‘zaro kelishuvga ko‘ra, murabbiyni Italiya terma jamoasi bilan bog‘lab turgan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. FIGC Gattuzo va uning butun shtabiga so‘nggi to‘qqiz oy davomida professionalllik, fidoyilik va ishtiyoq bilan ishlaganliklari uchun minnatdorchilik bildiradi va kelgusi faoliyatlarida har tomonlama muvaffaqiyatlar tilaydi", - deyiladi bayonotda.

Italiya terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma ololmadi va pley-off finalida Bosniya va Gersegovinaga yutqazdi - 1:1, 1:4 penaltilar seriyasida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!