Gattuzoning "Napoli"dagi ilk xaridi kim bo‘ladi?
Sky Sport Italia nashri muxbiri Janluka Di Martsio "Napoli" klubining asosiy tranfer maqsadini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra neapolliklarning yangi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Verona" yarim himoyachisi Sofian Amrabatani o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.
“Verona” esa 23 yoshli futbolchisini 18 million evroga sotishga tayyor. "Napoli" esa 14 mln evro taklif qilmoqchi.
Ta’kidlash kerakki, Amrabata uchun shuningdek "Fiorentina", "Latsio" va "Inter" klublari ham da’vogarlik qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Ambrata joriy mavsum “Verona” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar