
Gavining jarohati jiddiy emasdek ko‘rinmoqda, u bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi kechagi bahsda kichik jarohat oldi, deb xabar bermoqda "Marca".
20 yoshli futbolchi La Liganing navbatdagi turida "Valyadolid"ga qarshi kechgan o‘yinning 78-daqiqasida son orqa tomonini ushlab, maydonga o‘tirib qoldi va o‘yinni davom ettira olmadi. Uning o‘rnini Erik Garsiya egalladi.
Gavi bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Albatta, mutaxassislar uning holatini baholab, aniq tashxis qo‘yishadi.
6 may kuni kataloniyaliklar Chempionlar ligasi yarim finalida "Inter" mehmoni bo‘ladi, 11 may kuni esa La Liganing markaziy to‘qnashuvi — "El-klasiko"da "Real"ga qarshi bahs kutib turibdi.
Fikrlar