Gennadiy Golovkin raqibini qay tarzda mag‘lubiyatga uchratdi? (video)
Professional boks afsonalaridan biri Gennadiy Golovkin o‘z jangini o‘tkazdi. Qozog‘istonlik sportchi polshalik da’vogar Shamil Sheremetga qarshi ringga chiqdi.
Ushbu jang o‘rta vazn toifasida Golovkinning ikki kamari uchun kechdi. Ya’ni, Gennadiy IBF hamda IBO kamarlarini himoya qildi. 12 raundga mo‘ljallangan jang muddatidan avval yakunlandi. Jangda to‘rt bor nokdaunga tushgan Sheremet 8-raundga chiqmadi va hakamlar Golovkinni g‘olib, deya e’lon qildi.
Quyida jangdan keltirilgan lavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:
DAZN_Boxing_DAZN_Boxing_GGG_was_in_cruise_control_all_night_long

Fikrlar