Genuyaliklar "Yuventus" darvozabonini olib qolmoqchi

  • 6 iyun, 2021, 21:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilishicha, "Yuventus" darvozaboni Mattia Perin faoliyatini "Jenoa"da davom ettirishi mumkin.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, genuyaliklar rahbariyati 28 yoshli italiyalik posbonni o‘z jamoalarida ko‘rishmoqchi. Yaqinda tomonlar Milanda o‘zaro uchrashib, ehtimoliy transfer tafsilotlarini muhokama qilishadi.

Perin o‘tgan mavsumni aynan "Jenoa" safida ijarada o‘tkazgan edi. U ortda qolgan mavsum jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 44 ta gol o‘tkazib yubordi.

“Jenoa” ortda qolgan mavsum A Seriyada 11-o‘rinni egalladi, “Yuventus” esa  4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!