Germaniya futboli rahbari iste’foga chiqdi

  • 2 aprel, 2019, 20:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya futbol ittifoqi prezidenti Raynxard Grindel iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda DFB rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Grindelning so‘zlariga ko‘ra u o‘zini korruptsiyada ayblaganliklari uchun shunday qarorga kelgan.

“Men DFB prezidentligidan ketyapman. Meni bilganlar men pulga o‘ch emasligimni bilishadi. Prezidentlikdan ketayotganim meni hayratga solyapti”, - deydi Grindel tashkilot rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Endi yangi prezident saylangunicha uning vazivasini Rayner Kox va Raynxard Rauball bajarib turadi.

Ta’kidlash kerakki, Grindel garchi prezidentlik lavozimiden ketgan bo‘lsada, u FIFA va UEFA ijroqo‘midagi ishini davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!