Germaniyadagi eng katta stadion kasalxonaga aylantirildi
Dortmund shahrida joylashgan "Signal Iduna Park" stadioni koronavirus pandemiyasi bilan zararlangan bemorlar uchun maxsus kasalxonaga aylantirildi.
"Bizning stadion Dortmund shahrining infrastruktura jihatidan eng qulay joyida joylashgan. Shunday ekan biz yordamga tayyormiz", - deya klub rahbari vaziyatga izoh berib o‘tdi.
Ushbu stadion "Borussiya Dortmund"ga tegishli bo‘lib, milliy birinchiliklar vaqtida o‘z bag‘riga 81 mingdan ziyod muxlisni sig‘dira oladi.

Fikrlar