
Getji Fergyusonni texnik nokautga uchratdi (to‘liq natijalar+video)
AQShning Florida shtati Jeksonvill shahrida "UFC 249" turniri bo‘lib o‘tdi.
Rayan Spenn - Sem Alvi 29-28, 29-28, 28-29
Brays Mitchell — Charlz Rosa 30-25, 30-25, 30-24
Visente Luke – Niko Prays (TKO 3-raund, shifokor tomonidan to‘xtatildi)
Karla Esparza (15-6) – Mishel Uoterson (17-7) 30-27, 27-30, 29-28
Fabrisio Verdum (23-8) – Aleksey Oleynik (58-13-1) 28:29, 28:29, 29:28
Entoni Pettis (22-10) – Donald Serrone (36-14) 29:28, 29:28, 29:28
Greg Xardi (5-2) – Yorgan De Kastro (6-0) 30-27, 30-27, 30-27
Jeremi Stivens 28-17 – Kelvin Kattar 20-4 (KO, 2-raund)
Fransis Ngannu 14-3 – Jairzino Rozenstruyk 10-0 (TKO, 19-soniya)
Genri Sexudo 15-2 - Dominik Kruz 22-2 (KO, 2-raund)
Toni Fergyuson 25-3 - Jastin Getji 21-2 (TKO, 5-raund) .
10:03 Bo‘ldi! Getji raqibni texnik nokautga uchratdi va vaqtinchalik kamarni o‘ziniki qildi. "UFC"da yangi davr boshlanmoqda.
09:57 So‘nggi raund boshlandi. Toni zarbalar o‘tkazib yubormoqda
09:53 Fergyuson qanday qilib bunday zarbalarga chidamoqda? Getji yaxshi zarbalarni o‘tkaza oldi.
09:45 Ikkinchi raund ortda qoldi. Raund so‘nggida Fergyusonning raqibiga yaxshi zarba berdi, Getjining baxtiga raund yakunlanib qoldi
09:42 Getji "UFC"da engil vaznda 4-o‘rinda bormoqda. So‘nggi 3 jangning barchasini g‘alaba bilan yakunlagan
09:37 Birinchi raund ortda qoldi. Fergyuson peshonasidan bir necha bor zarba o‘tkazib yubordi
09:30 Markaziy jang boshlandi! Fergyuson - Getji
09:12 Yo‘q do‘stlar, 5 raundlik jang ko‘rmaymiz. Boisi, Sexudo ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratib, o‘z chempionlik kamarini munosib himoya qildi
08:59 5 raundlik jang boshlandi. Sexudo o‘z kamarini himoya qiladi
08:50 Bizda chempionlik jangi! Genri Sexudo (15-2) - Dominik Kruz (22-2)
08:30 Ngannu!!!! 19 soniyada raqibini oktagonga qulatdi. 33 yoshli jangchining zarbalar seriyasidan so‘ng Rozenstruyk o‘ziga kelmadi. Shu tariqa Rozenstruykning 4 janglik g‘alabali seriyasi yakunlandi.
08:25 Yana bir ajoyib jang! Fransis Ngannu (14-3) – Jairzino Rozenstruyk (10-0)
08:07 Kattardan dahshatli zarba va Stivens texnik nokautga uchrab, mag‘lub bo‘ldi
07:58 Jeremi Stivens (28-17) – Kelvin Kattar (20-4) jangi boshlandi
07:51 Endi esa asosiy kard bahslari. 4 ta "qaynoq" qarama-qarshilik kutib turibdi bizni
07:40 Greg Xardi 30-27, 30-27, 30-27 hisobi bilan raqibidan ustun keldi
07:22 Keyingi to‘qnashuv promoushendagi yangi nomlar o‘rtasida kechadi. Xardi - De Kastro
07:02 Pettis ochkolar hisobi bo‘yicha g‘alaba qozondi. "Kovboy"ning mag‘lubiyatli seriyasi 4 taga etdi. 29:28, 29:28, 29:28.
06:58 Kovboy kutilmaganda birinchi raundni faol boshladi. Odatda u janglarni kuchsiz boshlar edi. Ikkinchi raundda esa Pettis ham faollashdi.
06:56 Bu revansh jangi sanaladi. 2013 yil dastlabki o‘zaro qarama-qarshilikda Pettis g‘alaba qilgan edi
06:53 "Kovboy" esa "UFC"da ko‘plab rekordlarni qayd etgan. 37 yoshli Donald 3 ta jangdan iborat mag‘lubiyatli seriya qayd etmoqda, ammo raqiblar ham shunga monand edi: Toni Fergyuson, Jastin Getji va Konor Makgregor.
06:47 Entoni "Shoutaym" Pettis va Donald "Kovboy" Serrone! Yarimo‘rta vazndagi jang. 33 yoshli Pettis o‘zining eng yaxshi davrida engil vazn chempioni bo‘lgan. "Shoutaym" bugungi jangga 22-10 statistikasi bilan etib keldi.
06:40 Yana bir qiziqarli qarama-qarshilik. Pettis - Serrone. Kuzatamiz...
06:34 Braziliyalik MMA ustasi uchinchi raundni ajoyib o‘tkazdi, ammo bu g‘alaba uchun kamliq qildi. Hakamlar 28-29, 29-28, 29-28 hisobida rossiyalik yakkakurashchini g‘olib deb topishdi
06:26 Oleynik charchadi! Braziliyalik sportchi ikkinchi raundda biroz uyg‘ondi. UFC og‘ir vaznida sobiq chempion bo‘lgan Verdum ham faqatgina bir marta mag‘lub bo‘lgan. Demak, bizni oldinda super 5 daqiqalik kutmoqda.
06:24 Oleynik hozirga qadar faqatgina bir marta mag‘lub bo‘lgan. O‘tgan yil 21 iyul sanasida rossiyalik MMA ustasi amerikalik Uolt Xarrisdan 12 soniyada engilgan edi
06:19 Oleynik birinchi raundda ajoyib harakat qildi. Verdum faollashmasa, yana bir jang muddatidan oldin yakunlanishi mumkin
06:12 Kelgusi jang rossiyalik Aleksey Oleynik va braziliyalik Fabrisio Verdum o‘rtasida kechadi. Qariyalar o‘rtasidagi jang deyish mumkin. Boisi, har ikkala jangchining yoshi 42 da
06:06 Anchagina zerikarli tarzda kechgan jang so‘nggida hakamlar Karla Esparzaning ustunligini qayd etishdi: 30-27, 27-30, 29-28.
05:38 Navbat ayollar jangiga. Bugungi kechaning ayollar o‘rtasidagi yagona jangi Karla Espraza va Mishel Uoterson o‘rtasida kechadi.
05:31 Aynan mana shu zarba etarli bo‘ldi Lukega jangni muddatidan avval tugatishi uchun
05:26 Bizda ilk texnik nokaut! Luke 3-raund so‘nggida Praysning ko‘zini yumib qo‘ydi va jang to‘xtatildi
05:05 Demak, uchinchi jang boshlanish arafasida: Visente Luke — Niko Prays.
05:01 Mitchell raqibini qiyin ahvolga solib qo‘ydi, ammo Rosa ham 15 daqiqa chidab bera oldi va shu bois ochkolar hisobi bo‘yicha engildi - 30-25, 30-25, 30-24!
04:40 Darvoqea, janglar arafasida oktagon mana shunday tarzda dezinfetsiya qilinmoqda
04:32 Ikkinchi jang Brays Mitchell — Charlz Rosa
04:30 Birinchi jang yakunlandi! Rayan Spenn hakamlarning turli qaroriga ko‘ra Sem Alvini mag‘lub etdi
4:12 Pozitiv Alvi. Unga muxlis bilanmi yoki muxlislarsiz umuman farqi yo‘q
03:40 Souza - Xoll jangi Souzada koronavirus aniqlangani bois bekor qilingan va shu bois dastlabki janglar biroz keyin start oladi.
03:20 Bugun oktogon yuqoridagi ko‘rinishda. Muxlislarsiz...
03:38 Assalomu alaykum qadrli sport ishqibozlari! Erta tongda bugungi kunning asosiy voqeligi bo‘lgan "UFC249" turniri start olishi arafasida.
Fikrlar