
Getji Habib va Maxachevning jangovar xususiyatlarini solishtirdi
UFCning engil vazn (70,3 kg) toifasi etakchilaridan biri Jastin Getji Habib Nurmagomedov va Islom Maxachevning jangovar sklohiyatini taqqosladi.
“Menimcha, ularning uslublari umuman boshqacha.Habibga qarshilik qilish qiyin.U doimo sizga bosim o‘tkazadi va sizni parterga o‘tishga majbur qiladi. Maxachevda esa bunday qobiliyat yo‘q, lekin u pozitsiyani yaxshiroq tanlaydi va maydonda juda yaxshi harakat qiladi.Ammo baribir Islom Habib bilan tengma-teng jang qila oladi deb aytishdan yiroqman”,- dedi Getji.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jastin Maxachev bilan jang Habib bilan bo‘lgan jangidan ko‘ra osonroq bo‘lishini aytgan edi.
Fikrlar