Getji: "UFC 249" da engil vaznning eng xavfli ikki vakili jang olib boradi

  • 06.05.2020 20:44
  • 0
  • MMA

"Vaqtinchalik chempionlik kamari menga dunyoning ikkinchi raqamli jangchisi bo‘lishimni anglatadi. Xabib hozir jang qila olmaydi. Shunday ekan, dam olish kunlari dunyoning engil vazn toifasidagi ikki xavfli jangchisi kurash olib borishadi. G‘olib Xabibga qarshi asosiy da’vogarga aylanadi. 

Men bu jangni shunchaki navbatdagi bahs sifatida ko‘rmayapman. Biz Toni bilan Amerika sharafini Xabibga qarshi himoya qilish uchun oktagonga chiqamiz", - deydi Jastin. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu jang Toshkent vaqti bilan 10 may soat 5:00 da boshlanadi. "Uzreport TV" telekanali esa tarixda ilk bor O‘zbekistonda UFC translyatsisini amalga oshiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!