
Geydji: "Konor men bilan jangdan keyin oktagonga qaytib chiqmasligiga va’da beraman!"
UFC engil vazn toifasi vakili, BMF kamari sohibi Jastin Geydji sobiq ikki vaznda chempion Konor Makgregorni nafaqaga chiqarishni istayotganini aytdi.
"Uning karerasini yakunlashini va hech qachon MMAga qaytib kelmasligini istamayman desam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. U men bilan jang qilsa, jangdan keyin oktagonga qaytib chiqmasligiga va’da beraman", - dedi Geydji.
Eslatib o‘tamiz, Jastin shu yil yozida Dastin Poreni nokautga uchratgan holda BMF kamariga ega chiqgandi.
Konor esa, oxirgi marta 2021 yil yozida aynan Pore bilan jang paytida oyog‘ini sindirib olgandi, va o‘shandan beri oktagonga qaytmadi.
Fikrlar