
GFC 20. Surinamlik jangchi Jamshid Rahmonalievni qanday nokautga uchratdi? (video)
Xabaringiz bor kecha poytaxtimizdagi muxtasham “Humo Arena” muz saroyida MMA bo‘yicha GFC 20 musobaqasi janglari bo‘lib o‘tdi.
93 kilogammgacha bo‘lgan vazn toifasida oktagonga chiqqan o‘zbekistonlik Jamshid Rahmonaliev Surinam vakili Klayd Brunsvik bilan jang olib bordi. Dastlabki raundni Rahmonaliev ustunlikka erishgan holda yakunlagandi. Biroq ikkinchi besh daqiqalik boshida Brunsvik kuchli zarba bilan Jamshidni nokautga uchratdi.
Quyida ushbu jangni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar