
Girassi Levandovski o‘rniga ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rilmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Seru Girassi kelasi yili jamoasini o‘zgartirish imkonini ko‘rib chiqmoqda.
29 yoshli gvineyalik futbolchi "Barselona" tomonidan Robert Levandovskiga ehtimoliy nomzod sifatida ko‘rilmoqda. "Bild" nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Girassi klub rahbariyati bilan shartnomadagi to‘lov miqdorini 65 million evrogacha tushirish haqida kelishuvga erishgan. Ushbu punkt 2026 yil yozida kuchga kiradi.
Joriy mavsumda Girassi barcha musobaqalar doirasida "Borussiya" safida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 million evroga teng.
Fikrlar