
Gol urgan Fayzullaevning o‘yini qanday baholandi? Abbos uchrashuvdan keyin nimalar dedi?
Rossiya Premer-ligasining 23-turida TsSKA futbolchilari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Fakel” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mamlakat chempionatlari tarixida 100-yirik hisobdagi g‘alabasini nishonladi.
Uchrashuv qahramonlaridan biri bellashuvda “armiyachilar”ning uchinchi golini kiritgan Abbosbek Fayzullaev bo‘ldi.
Statistikaga ixtisoslashgan “Whoscored” portali hamyurtimizning bahsdagi harakatlarini 7,7 ballga loyiq ko‘rdi.
O‘yindan keyin Abbosbek Fayzullaev ommaviy axborot vositalari jurnalistlarining bergan savollariga javob qaytardi.
— Jamoaga to‘liq moslashib bo‘ldingmi?
— Ha, terma jamoaga ketganim uchun biroz tanaffus bo‘ldi, keyin sport formamni tikladim va hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Har doim jamoamga yordam berishni istayman.
— O‘zbekistonda seni yana terma jamoaga chaqirishmoqchiligini, lekin TsSKA qo‘yib yubormayotganini aytishyapti. Bu haqda eshitdingmi?
— Ha, muzokaralar davom etayotganini ham eshitdim. Yurtimga yordam berish uchun har doim tayyorman. Agar qo‘yib yuborishsa, o‘ynay kelaman.
— Avvalgi uchrashuvlarda nega ochko yo‘qotdinglar?
— Ayrim uchrashuvlarda diqqatni jamlay olmadik, lekin har bir o‘yinga g‘alaba qozonish uchun chiqamiz.
— Mavsum oxirida TsSKA qaysi o‘rinni egallasa qoniqish hosil qilasan?
— Top‑3.
— Mamlakat kubogini yutish muhimmi yoki kuchli uchlikka kirish?
— Mavsumni kubokni qo‘lga kiritgan holda yakunlash yoqimliroq.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullaev legioner sifatida ilk mavsumini o‘tkazmoqda.
O‘tgan yilning avgustida TsSKA safiga ko‘chib o‘tgan hujumkor futbolchimiz Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 23 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga uchta gol va to‘qqizta assist yozdirib qo‘ydi.
Moskvalik “armiyachilar” Premer-ligada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda. Rossiya kubogida esa, yarim final bosqichida ishtirok etmoqda.
TsSKA futbolchilari navbatdagi uchrashuvini Premer-liganing 24-turida asosiy raqobatchilaridan hisoblangan “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazadi. 13 aprelga belgilangan bellashuv raqib maydonida bo‘ladi.
Fayzullaev supergol urib, yubiley g‘alabani ta’minladi
Shomurodov boshqa darajadagi futbolchi. Eldorga yuqori baho berishdi!
Legionerimiz “sir”ni ochmadiO‘zbekiston hali hech kimga nasib qilmagan ishni uddalashi kerak
Shomurodovga imkon berilmayapti
Hasanboy Do‘smatov “dahshatli” reytingda birinchi!
Madrimovni mashhur bokschi ringga chaqiryapti. U Isroilning chempionlik kamariga ko‘z tikdi
Fikrlar