Gordon "Bavariya"ga o'tishi mumkin: Muzokaralarda narx muammosi kuzatilmoqda

  • 14.05.2026 10:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Nyukasl" vingeri Entoni Gordon karerasini Myunxenning "Bavariya" klubida davom ettirishi mumkin.

"talkSPORT" ma'lumotiga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi nemis klubi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq transfer bo‘yicha klublar o‘rtasida jiddiy farq mavjud.

"Nyukasl" Gordon uchun 75 million funt (86,5 mln yevro) yoki undan yuqori mablag‘ talab qilmoqda. "Bavariya" esa hozircha bunday summani to‘lashga tayyor emas.

2025/2026 mavsumda Entoni Gordon 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 17 gol va 5 golli uzatmani amalga oshirgan.

Hozirda "Nyukasl" Angliya Premier-ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!