Grandlar orzusiga aylangan to‘purarning transfer narxi e’lon qilindi
Keyingi yillarda jahon futboliga bir necha hujumkor futbolchilarni etkazib bergan “Zaltsburg” klubi yana bir to‘purarni tarbiyaladi. Bu jamoa safida porlay boshlagan Karim Adeyemi ayni paytda Evropaning grand klublari orzusiga aylangan.
“Zaltsburg” yosh hujumchi transferidan pul ishlab olishga qarshi emas. Ular yosh iste’dod egasini 30 million evrodan kam bo‘lmagan mablag‘ evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Germaniyalik futbolchi takliflar ko‘pligiga qaramay, faoliyatini o‘z mamlakatida davom ettirishni istayapti. Ayni paytda Avstriya chempionatida to‘p tepayotgan Karim 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi.
Fikrlar