Grilishga yaxshi xaridorlar topildi

  • 21 yanvar, 14:47
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" futbolchisi Jek Grilish faoliyatini Evropaning boshqa top-chempionatlarida davom ettirishi mumkin.

Tecno

29 yoshli futbolchi "shaharliklar"ning asosiy tarkibida kamdan-kam paydo bo‘layotgani sababli, uning klubni tark etishi haqidagi gap-so‘zlar matbuotda doimiy ravishda muhokama qilinmoqda. "The Sun Football" ma’lumotlariga ko‘ra, Grilishning holatini yaqindan kuzatayotgan klublar orasida "Inter" va Dortmundning "Borussiya"si bor.

Hujumkor yarim himoyachining "Manchester Siti" bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali angliyalik futbolchining narxini 45 million evroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Grilish 2021 yil yozida "Aston Villa"dan "Manchester Siti"ga 117,5 million evro evaziga transfer qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!